Sport | 19:22 / 07.04.2018
12774
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda boks kechasi boshlanmoqda (jonli translyatsiya)

Foto: KUN.UZ

Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers bugun guruhdagi so‘nggi ikki uchrashuvini venesuelalik raqiblariga qarshi o‘tkazadi. Ayni paytda Termiz shahridagi «Alpomish» sport majmuasida ilk jang o‘tkazilishi uchun barcha sharoitlar hozirlangan.

Bugun, 7 aprel kuni Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers va Caciqeus de Venezuela jamoalari bokschilari ringga ko‘tarilib, muxlislarga tanishtirildi. Uchrashuv joyidan jonli translyatsiya olib borayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, birinchi jang boshlandi.

C1 guruhidan o‘rin olgan uchrashuvda 49 kg vazn toifasida Nodir Mirzaahmedov venesuelalik raqibi Luis Hesus Vaskes Polankoga qarshi jang olib bormoqda. 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodir Mirzaahmedov ishtirokida jangni turkiyalik boks referesi Chinar Yashar boshqarib bormoqda.

Uzbek Tigers o‘z jamoasida 7 ochko to‘plagan holda ikkinchi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, bugun o‘zbekistonlik bokschilarga qarshi ringga ko‘tarilayotgan Caciques de Venezuela jamoasi a'zolari ham 7 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni band qilib turibdi. Demak, butun boks muxlislari Termiz shahrida guvoh bo‘ladigan 10ta jang har ikki jamoa uchun muhim hisoblanadi.

Mavzuga oid