Butunjahon boks seriyasi – WSB turnirining IX mavsumi oktabr oyida start oladi va unda «Uzbek Tigers» jamoasi ham iştirok etadi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qömitasi.

Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Saken Polatovning sözlariga köra, «Uzbek Tigers» mazkur musobaqada ğolib çiqiş salohiyatiga ega.

«WSB musobaqasida iştirok etadigan «Uzbek Tigers» jamoasi ma'muriyatining yangilanişi natijalarni yaxşilaşga bölgan mas'uliyatni oşiradi. Federatsiyaning birinçi galdagi vazifasi boksimiz muvaffaqiyatining davomiy bölişini ta'minlaşdir. WSB turniridagi muvaffaqiyatli iştirok ham bizning asosiy yönalişlarimizdan biri hisoblanadi.

«Uzbek Tigers» ğalaba qozonişni biladi va buni isbotlay olgan jamoa. Işonamizki, yaqin orada boksçilarimiz libosida WSB ğoliblarining yulduzçasi paydo böladi. Xalqimizning jamoaga bölgan işonçi va mehri bokçilarimizning ğalabasi uçun haqiqiy motivatsiya vazifasini bajaradi», – deydi Saken Polatov.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi

Jamoa boş menejyeri Abdulloh Sagdiyev boksçilarning jangovar kayfiyatda ekanligini qayd etib ötgan.

«Jamoa va WSB turniridagi iştirok men uçun Özbekiston boks federatsiyasidagi faoliyatimning mas'uliyatli vazifalaridan biri hisoblanadi. Biz boksçilarimizning ğalaba qozona olişlarini va buning uçun ularda barça narsa borligini bilamiz.

Vaqtni boy bermay, bugunoq tayyorgarlikka kirişişimiz lozim. Mavsum oktabr oyida boşlanadi. Yigitlar ayni paytda jangovar kayfiyatda. Muxlislarimizga rahmat. Şak-şubha yöqki, biz işonçni oqlaymiz», – dedi Abdulloh Sagdiyev.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi

Ma'lumot uçun, «Uzbek Tigers» WSB`da 2016 yildan buyon qatnaşib kelmoqda. Jamoa ilk mavsumida yarim finalga qadar yetib borib, keyingi yili çorak finalda töxtagan bölsa, 2018 yilda çorak final bahslari bekor qilingani bois iştirokini guruh bosqiçida yakunladi.

Eslatib ötamiz, hafta boşida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bölgan Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov «Uzbek Tigers» taqdiri va özbekistonlik boksçilarning Tokio Olimpiadasiga tayyorgarligi haqida