27 fevral kuni Milliy olimpiya qömitasida AIBA vakili Karim Buzidi bilan uçraşuv bölib ötdi. Qömita boş kotibi Jasur Matçanov va boşqa mutasaddilar iştirokida ötgan uçraşuvda Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning töqqizinçi mavsumidagi tizim va uning taşkiliy masalalari yuzasidan fikr almaşildi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

AIBAdan taşrif buyurgan mas'ulning ma'lum qilişiça, WSBning uşbu mavsumi 8ta vazn toifasida taşkil etiladi. Har bir vaznda ikki nafar boksçi Olimpiya öyinlari litsenziyasiga ega böladi.
Uçraşuvda WSBning Özbekiston bosqiçini taşkil etiş masalasi kötarilgan.
«Karim Buzidi Özbekiston haqiqiy boks mamlakati ekanligini aytib, bu mamlakatimizda WSBning Özbekiston bosqiçini taşkil etiş imkoniyatini yaratib berişi haqida gapirdi. Ayni paytda bunday musobaqa Kuba va Venesuelada taşkil qilinadi. Tomonlar uçraşuv çoğida uşbu musobaqaning Özbekiston bosqiçini ham taşkil etiş yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdilar», – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uçun, 2016 yildan buyon WSB`da Özbekistondan «Uzbek Tigers» jamoasi qatnaşib kelmoqda. Jamoa ilk mavsumida yarim finalga qadar yetib borib, keyingi yili çorak finalda töxtagan bölsa, 2018 yilda çorak final bahslari bekor qilingani bois iştirokini guruh bosqiçida yakunladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Saken Polatov «Uzbek Tigers»ning Butunjahon boks seriyasida ğolib çiqişiga işonç bildirgandi.
Umid Ahmadjonov «Uzbek Tigers» taqdiri va Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik haqida ma'lumot berdi
















