Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaliklarni Skripal zaharlangan moddadan baland panjaralar bilan himoya qilishmoqchi
Britaniyaning Solsberi shahri ma'muriyati Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishi bilan bog‘liq joylar atrofida balandligi 3 metrlik panjaralar qurmoqchi. Bu haqda The Mail on Sunday nashri manbalarga iqtibos keltirgan holda yozdi.
Gap Skripallar “Novichok” moddasi ta'siri oqibatida o‘zlarini yomon his qilishlaridan oldin bo‘lgan joylar haqida ketmoqda. Bundan tashqari, Skripal yashagan Solsberidagi uy buzib tashlanadi. Ta'kidlanishicha, uyni buzib tashlash uni “Novichok” izlarini qidirish maqsadida tekshirishdan osonroqdir.
Shuningdek, Skripallar bog‘da hushlarini yo‘qotishlari oldidan bo‘lgan Zizzi restorani va The Mill pabi ham buzib tashlanishi ehtimoli mavjud.
Skripallar 4 mart kuni xiyobonda hushsiz topilishgan. London ularni “Novichok” nomli asab-falajlovchi gaz bilan zaharlanishganlarini e'lon qilgan.
Ushbu modda sobiq polkovnik va uning qizi organizmiga qanday yo‘l bilan kirgani noma'lum.
Nashrning yozishicha, modda gaz emas, balki gel shaklida qo‘llangan. Ma'lum qilinishicha, Skripalning uyi eshigi dastagiga gel surtib qo‘yilgan. Sergey Skripal dastakni birinchi bo‘lib ushlagani sababli moddaning katta qismi uning qo‘lida qolgan. Yuliya Skripal otasidan keyin dastakni ushlagani sababli kamroq jabr ko‘rgan.
Mavzuga oid
21:13 / 14.02.2025
Olimlar «Novichok» kabi zaharlarni aniqlaydigan dasturni ishlab chiqdi
23:14 / 14.10.2024
Britaniyada «Novichok» yordamida zaharlanish ishi bo‘yicha sud eshituvi bo‘lib o‘tdi
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
00:52 / 14.12.2020