Politsiya bu şaxs Denis Sergeyev bölib, u «Sergey Fedotov» laqabi ostida harakatlanganini aytgan.
Sergey Skripalning zaharlanişi işida yana bir şaxs iştirok etgani haqidagi xabarlar OAVda 2019 yil boşidayoq paydo bölgandi. Öşanda Bellingcat tadqiqotçilari «Fedotov» töqima nom bölib, u aslida Denis Sergeyev ekanini aytişgandi.
Keyinroq BBC Denis Sergeyev Rossiya Boş razvedka boşqarmasida general-mayor rutbasida ekanini aniqlagandi. Sergeyev Skripalning zaharlanişida ayblanayotgan guruhga rahbarlik qilgan bölişi mumkin.
«Bu favqulodda qöpollik bilan amalga oşirilgan jinoyat edi. Vijdonsizlarça va qasddan qilingan hujum», deya zaharlaniş voqeasiga munosabat bildirgan IIV rahbari Priti Patel.
Uçinçi rus. Petrov va Boşirovning şerigi ismi aytildi
Sergeyev Londonda

Ma'lumotlarga köra, özini Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov deb atagan ikki şaxs 2018 yil 2 martida Gatvik aeroportiga kelişgan. Keyinroq Bellingcat suriştiruvida ularning haqiqiy nomlari ma'lum böldi. Britan politsiyasi ham buni tasdiqlagan: jurnalistlar xato qilmagan - ularning haqiqiy ism-şariflari - Aleksandr Mişkin va Anatoliy Çepiga bölgan.
Hujjatlarda «Sergey Fedotov» sifatida keltirilgan Denis Sergeyev öşa kuni tonggi soat 11da Londonning boşqa bir aeroporti - Hitrouga qöngan.
4 mart, yakşanba kuni Çepiga va Mişkin Solsberiga yöl olgan. Sergey va Yuliya Skripal öşa kuni zaharlangan.
Sergeyev Solsberiga bormagan - butun vaqtini Londonda ötkazgan. Politsiya xabariga köra, u sönggi daqiqalarda London - Moskva reysiga çipta olib, 4 mart kuni soat 13:45da Britaniyadan uçib ketgan. Qolgan ikki gumonlanuvçi samolyotga soat 22:30da çiqişgan.

















