14:12 / 09.04.2018
15870
Reklama

Andijon mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti: Barcha muassasalarda  yangi texnologiyalar bilan ishga o‘zgacha yondashuv talqini  

Foto: KUN.UZ

Ishga o‘zgacha yondashuv, tinimsiz izlanish, tashabbuskorlik, o‘quv jarayoniga innovatsion loyihalarni olib kirish va bugungi kun talabida faoliyat yuritish singari jihatlarni Andijon mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tizimidagi o‘quv muassasalar misolida ko‘rishimiz mumkin.    

Tashkilot tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori hamda 2018 yil 27 martdagi “Nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 241 qarorlari  asosida barcha yo‘nalishlarda zamonaviy uslubda faoliyat  tashkil etilayotgani alohida e'tirofga loyiq.

Ko‘p yillik tajriba va salohiyatga ega, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, Mudofaa qudratini mustahkamlashga ko‘maklashish, keng xalq ommasini, xususan yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlash, jamiyatimiz uchun malakali texnik mutaxassislar hamda ommaviy kasbdagi xodimlarni yetkazib berishni o‘z maqsadi deb bilgan viloyat kengashi tasarrufidagi 36 ta boshlang‘ich tashkilotlar ustavda belgilangan ustuvor vazifalarni targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan. Tuman va shaharlardagi  o‘quv sport texnika klublarida bo‘lsangiz, qaynoq jarayonga guvoh bo‘lasiz. 

Viloyatda faoliyat yuritayotgan o‘quv sport texnika klublari avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun zamonaviy anjomlar, o‘quv dasturlari bilan jihozlandi. Xususan, so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari, videoproyektorlar, qulay o‘rindiqlar, elektron va markerli interaktiv doskalar, avtoulovining elektrlashtirilgan qirqimli harakatlanuvchi stendlari, zamonaviy avtotrenajyorlar, ko‘rgazmali pannolar tinglovchilarni bilimini oshirishga xizmat qilayotir.

Andijon viloyat tashkiloti tasarrufidagi muassasalarda sportning avto, avia, raketa va kemamodel, radiosport, karting, motosport pnevmatik miltiqdan o‘q otish, triatlon, ko‘pkurash, yozgi biatlon turlari bo‘yicha to‘garak va seksiyalar ishlab turibdi.

Birgina Izboskan tuman O‘STK faoliyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, muassasada 2018 yilning birinchi choragi davomida jami 221 nafar ommaviy kasbdagi texnik mutaxassislar tayyorlandi. Yangilanish va innovatsion uslubda mashg‘ulot o‘tish maqsadida O‘STKning o‘quv moddiy negizi takomillashtirilib, muassasa auditoriyalari 2018 yilning birinchi choragida 10 ta kompyuter jamlanmasi, 5 dona proyektor, interaktiv va markerli doskalar, o‘quv stol-stullari tinglovchilarning zamonaviy uslubda kasb o‘rganishida qulaylik yaratmoqda.

Xuddi shunday shart-sharoitlar tuman va shaharlarda faoliyat olib borayotgan barcha muassasalarda joriy qilingan.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Reklama huquqi asosida

Top