Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda mehnat qilishni xohlaydigan fuqarolarga imtiyozli chipta beradigan kassalar Surxondaryoda ham faoliyat yuritmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martidagi 3584-sonli qaroriga asosan chet davlatlariga ishlashga ketuvchi mehnatkash fuqarolarimizga chegirmalar asosida chiptalarni xarid qilishi maqsadida maxsus ixtisoslashtirilgan kassalar tashkil qilinib fuqarolarga xizmat ko‘rsatishi belgilangan. Bugungi kunda maxsus kassalar mamlakatimizning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda ochildi va faoliyat yuritmoqda, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Maxsus kassalar Surxondaryo viloyatida 2018 yil 1 apreldan boshlab ish boshladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga platskart va umumiy vagonlarga temir yo‘l chiptalari hamda iqtisodiy (ekonom) klass aviachiptalar narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etib, temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming so‘m miqdorda beg‘araz to‘lov bir yilda bir marta “Aloqabank”ATB amalga oshiriladi. O‘z navbatida chipta xarid qilgach fuqaroga xavfsizligini ta'minlash maqsadida maxsus kassalarda “O‘zAgrosug‘urta” va “Kafolat” sug‘urtalari xodimlari polyuslarni rasmiylashtirishadi.
2018 yil 1 aprelda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida xorijga chiqayotgan fuqarolar uchun ixtisoslashtirilgan kassaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Surxondaryo viloyatining hokim o‘rinbosari, Termiz shahar hokimi o‘rinbosari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Surxondaryo mintaqaviy filiali direktori qatnashdi.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
18:43 / 08.07.2026