Surxondaryolik Hojimurod Şoymardonov yetti yildan beri xorijda yaşab, turli mamlakatlarda işlab kelmoqda. Rossiyadan Bolgariyagaça, Turkiyadan Malayziyagaça bölgan iş tajribasi unga xizmat körsatiş sohasi, mehnat migratsiyasi va ta’lim haqida öz qaraşlarini şakllantiriş imkonini bergan. Kun.uz muxbiri suhbatda u çet yeldagi hayotning past-balandliklari va Malayziyadagi faoliyati haqida gapirib berdi.

Bugun minglab özbekistonliklar xorijga yaxşi daromad izlab ketmoqda. Kimdir qurilişda, kimdir işlab çiqariş, yana kimdir xizmat körsatiş sohasida mehnat qiladi. Ammo köp hollarda odamlar faqat topilgan pulni köradi. Öşa mablağ ortidagi mas’uliyat, ruhiy bosim va tajriba zaruriyati közga taşlanmaydi. Hojimurodning hikoyasi esa ana şunday qaraşlarni biroz özgartirişi mumkin.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tuğilgan 25 yoşli Hojimurod maktabni tamomlagaç oliy ta’limga kira olmaydi. Bir muddat san’at yönalişida faoliyat yuritib, ovozlaştiriş işlari bilan şuğullanadi. Biroq uning aytişiça, mazkur sohada öşa paytda barqaror daromad topiş qiyin bölgan.

“San’atga qiziqişim kuçli edi, dublyaj bilan şuğullanardim. Ammo vaqt ötgani sari faqat qiziqiş bilan yaşab bölmasligini tuşundim. Oilaga tayanç böliş, barqaror daromad topiş kerak edi. Şu sabab özimni boşqa sohada sinab körişni boşladim”, – deydi u.

Şundan söng, Hojimurod özi qiziqqan boşqa yönalişda işlaşni boşlaydi. Ammo mahalliy mehnat bozoridagi maoşlar uning kutilmalariga javob bermaydi. Oqibatda xorijda işlaşga qaror qiladi. Ilk manzili Rossiya böladi. Dastlab oddiy işçi sifatida mehnat qilgan Hojimurod rus tilini yaxşi bilgani tufayli keyinçalik logistika kompaniyasiga işga taklif etiladi.

“Dastlab boşqa migrantlar singari oddiy jismoniy mehnatdan boşladim. Öşa davr menga intizom va mas’uliyatning ahamiyatini örgatdi. Iş jarayonida rus tilini erkin bilişim e’tiborga tuşdi va köp ötmay logistika kompaniyasidan taklif oldim. Bu yerda hujjatlar bilan işlaş, yuk taşiş zanjirini muvofiqlaştiriş, turli millat vakillari bilan muloqot qiliş kabi vazifalarni bajardim. Öşanda bir narsani aniq angladim: xorijda faqat mehnatkaş bölişning özi yetarli emas, til biliş va yangi könikmalarni egallaş insonni oddiy işçidan mutaxassis darajasiga olib çiqadigan eng muhim omillardan biri ekan”, – deydi u.

Rossiyadagi faoliyatidan söng, Hojimurod Bolgariya, Ozarboyjon, BAA va Turkiyada ham işlab, turli sohalarda tajriba orttiradi. Bugun esa Malayziyada xizmat körsatiş sohasida faoliyat yuritmoqda. Uning aytişiça, turli mamlakatlarda işlaş kasbiy tajriba bilan bir qatorda, odamlar, madaniyat va mehnatga bölgan munosabatni çuqurroq anglaş imkonini ham bergan.

Hozirda Hojimurod özbek, rus, tojik, arab, fors, ingliz, hind va urdu tillarida erkin muloqot qila oladi. Biroq bu qobiliyat bir kunda şakllanmagan. Har bir tilni örganiş ortida yuzlab soatlik mehnat, xatolar va muntazam maşq yotadi. Aynan şu mehnat keyinçalik unga turli mamlakatlarda bemalol işlaş, yangi odamlar bilan tez til topişiş va kasbiy faoliyatida ösiş imkonini bergan.

“Köpçilik tilni şunçaki gaplaşiş vositasi deb öylaydi. Aslida esa u yangi imkoniyatlar kaliti. Til bilsangiz, odamlar sizga boşqaça qaraydi, işonç bildiradi. Işda ham mas’uliyatingiz ortadi, çunki turli davlatlardan kelgan mijozlar yoki hamkasblar bilan bemalol işlay olasiz”, – deydi u.

Hojimurod ayni vaqtda Malayziyada restoran boşqaruvi va mijozlarga xizmat körsatiş yönalişida işlaydi. Yigitning aytişiça, xorijda mazkur kasbga oddiy iş emas, mas’uliyat va professionallik talab qiladigan soha sifatida qaraladi.

“Bu yerda ofitsiant yoki servis xodimi şunçaki buyurtma olib keladigan odam emas. U restoran obröyini şakllantiradigan asosiy insonlardan biri hisoblanadi. Mijoz bilan muloqot, muammoni hal qiliş, jamoa bilan işlaş – bularning barçasi yuqori darajada baholanadi. Faoliyatimdan kelib çiqib aytadigan bölsam, bir kunning özida malay, xitoy, hind va Yaqin Şarq davlatlaridan kelgan odamlar bilan işlaşingiz mumkin. Şuning uçun nafaqat til biliş, balki odamlar mentalitetini tuşuniş ham juda muhim”, – deydi u.

Suhbat davomida Hojimurod yoşlar orasida keng tarqalgan “avval diplom, keyin iş” degan qaraşga ham munosabat bildirdi. Uning fikriça, zamonaviy mehnat bozorida diplom muhim bölsa-da, iş beruvçilar uçun amaliy tajriba hamda könikmalar köproq ahamiyat kasb etmoqda.

“Men oliy ta’limni tamomlamaganman. Lekin şu paytgaça işlagan joylarimning deyarli heç birida mendan diplom söraşmagan. Ularni qiziqtirgan narsa qanday işlaşim, muammolarni hal qila olişim va jamoaga foyda bera olişim bölgan. Diplom, albatta, kerak, lekin u tajribaning örnini bosa olmaydi. Bugungi dunyoda inson öz ustida işlaşdan töxtamasa, imkoniyatlar baribir topiladi”, – deydi u.

Intervyuni töliq şaklda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.