O‘zbekiston | 19:25 / 09.04.2018
6010
3 daqiqa o‘qiladi

Idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash qachondan boshlab amalga oshiriladi?

Foto: Zakon.kz

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 23 iyundagi F-4977-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 14 sentabrdagi 726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 2-son, 20-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritildi.

2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklandi.

Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchalar

Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 2-son, 20-modda):

a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlikni aniqlash elektr va gaz ta'minoti bo‘yicha 2019 yil 1 yanvardan, issiqlik ta'minoti, suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari bo‘yicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi”;

b) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublika viloyatlarida - idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali qarzdorlik haqidagi ma'lumotlar elektr va gaz ta'minoti bo‘yicha 2019 yil 1 yanvardan, issiqlik ta'minoti, suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari bo‘yicha 2021 yil 1 yanvardan boshlab yuborilishi ta'minlansin”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid