Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qandli diabet "yosharmoqda": O‘zbekistonning har bir viloyatida Immunologiya instituti filiallari ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning har bir viloyatida Fanlar Akademiyasi Immunologiya institutining filiallarini ochish vazifasini qo‘ydi. Davlat rahbari ilm-fan namoyandalari bilan kechgan uchrashuvda mutasaddi rahbarlarga shunday vazifa berdi.
Immunologiya ilmiy markazi direktori Tamara O‘ktamovna Oripova ilm-fan namoyandalari yig‘ilishida so‘zga chiqib, immunologiya mavzusiga murojaat qildi va qandli diabet kasalligining "yosharayotgani"ga alohida e'tibor qaratdi.
"Immunologiya - eng ilg‘or salohiyatli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. So‘nggi besh yilda tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti berilgan kishilar asosan immunolog va genetik olimlardir. Institutimiz Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi va biz 30 yildan ortiq vaqt davomida turli kasalliklarda immun tanqisligi muammolari bilan shug‘ullanyapmiz. Biz barcha xorijiy markazlar bilan aloqa qilamiz. Institutimiz xodimlari Yaponiya, Angliya, Irlandiya, Islandiya, Fransiyadagi yetakchi immunologiya markazlarida ta'lim olib qaytishgan.
Bugungi kunda yoshlar va hatto bolalar orasida qandli diabet kasalligi keng kuzatilmoqda va biz bu kasallikni davolashga tayyormiz. Qo‘llanishi kerak bo‘lgan usullar u qadar qiyin emas va ularni bizning klinikalarimizda tatbiq qilish mumkin", - dedi olima.
Davlat rahbari qandli diabet mavzusiga alohida to‘xtab, kasallikning bugungi kunda "yosharayotgani" va bu holatning oldini olish muhim ekanini ta'kidladi:
"Qandli diabet yosharmoqda. Agar bu bilan hozir shug‘ullanmasak, ko‘p yoshlarni yo‘qotamiz. Bu institutning filiali har bir viloyatda bo‘lishi kerak. Vazirlar Mahkamasining shunga doir qarorini tayyorlang", - deya topshiriq berdi Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlarga.
Mavzuga oid
00:07 / 20.10.2025
Yasmin choyi qondagi shakar miqdorini kamaytirishi aniqlandi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025