Xitoylik va janubiy afrikalik olimlar yasmin (jasmin) çoyi glyukoza almaşinuvini yaxşilaşi va qondagi yoğlar miqdorini kamaytirişini aniqlaşdi.
Ikkinçi tipdagi diabet bilan kasallangan kalamuşlarda ötkazilgan tajribalarda yasmin çoyi qondagi şakar miqdorini kamaytirgan, insulin işlab çiqarilişini kuçaytirgan va β-hujayralarini qayta tiklagan.
Mualliflarning qayd etişiça, yasmin çoyida uning tarkibidagi biologik faol moddalar özlaştirilişini kuçaytiruvçi nanozarralar hamda antioksidant ta’sirini kuçaytiruvçi kamyob mikroelementlar mavjud. Ular birgalikda organizmning moddalar almaşinuvi bilan boğliq salbiy jarayonlarga qarşi samarali kuraşişiga yordam beradi.
Tajribalar hozirça faqat hayvonlarda ötkazilgan bölsa-da, tadqiqotçilar yasmin çoyi insonlardagi qandli diabet kasalligini davolaşda qöşimça vosita böladi deb hisoblaşmoqda.
















