16:10 / 09.04.2018
9339

Oltinko‘lda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi

Foto: KUN.UZ

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 30 sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida mazkur soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Farmonga muvofiq, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo‘shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta'lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Andijon viloyatida 2018 yil davomida tadbirkorlar tomonidan 325ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari qurilishi rejalashtirilgan. Shu kungacha Baliqchi tumanida 4 ta, Asaka tumanida 2 ta, Buloqboshi, Andijon, Jalaquduq, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Marhamat, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 1 tadan, jami 14 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muassasalar 540 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi va 83 nafar mutaxassislar ish bilan ta'minlandi.

Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi «Ko‘makay» MFYda yangidan barpo etilgan, 75 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan «Ilmli bolalar maskani» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi, jamoatchilik tashkilotlari vakillari, maktabgacha ta'lim sohasi rahbar xodimlari ishtirok etdi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top