Andijon viloyatining Oltinköl va Uluğnor tumanlaridagi loyihalari «Taşabbusli budjet»ning 2-mavsumida iştirok etmaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, loyihaning 2-mavsumi doirasida fuqarolardan jami 22263 ta loyiha kelib tuşgan bölib, şulardan 18656 tasi ovoz beriş bosqiçiga ötkazilgan.

Oltinköl va Uluğnor tumanlarida esa loyihalar işçi komissiya tomonidan asossiz ravişda rad etilgan. Aniqlanişiça, Uluğnor tumanida jami 73 ta loyiha kelib tuşib, şundan faqat 13 tasi ovoz beriş bosqiçiga ötgan. Ammo 60 ta loyiha heç qanday asossiz yoki sabablari tuşuntirilmagan holda rad etilgan.

Şu kabi holat Oltinköl tumanida ham kuzatilgan. Bu hududdan 116 ta loyiha kelib tuşgan bölsa, şundan 22 tasi ovoz berişga ötkazilgan, 94 ta loyiha esa asoslantirilmagan holda rad etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan vazirlik tomonidan amaldagi qonunçilikda belgilangan mezonlarga asosan loyihalarni qayta körib çiqiş yuzasidan xat yuborilgan bölsa-da, tuman içki komissiyalari tomonidan loyihalar qayta körib çiqilişi ta’minlanmagan.

«Loyihalarni saralaş bosqiçida amaldagi mezonlarga rioya etilmaganini inobatga olib, fuqarolardan kelib tuşgan şikoyat va e’tirozlar asosida Uluğnor va Oltinköl tumanlarida «Taşabbusli budjet»ning 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz beriş bosqiçi ötkazilmaydi», deyiladi vazirlik xabarida.