Andijon viloyati Oltinköl tumanida haydovçi uxlab qolişi oqibatida avtomobillar töqnaşuvi sodir böldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Xabarga köra, voqea 23 oktyabr kuni soat 13:15 atrofida Oltinköl tumani “Oqtepa” mahallasi hududidan ötgan D-105 “Farğona halqa yöli”ning 132-kilometrida yuz bergan.

1990 yilda tuğilgan haydovçi V.M. özining Nexia-3 avtomaşinasi boşqarib ketayotib uxlab qolgan va yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketib, öz yönalişida kelayotgan Nexia bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida Nexia-3 ning bir nafar yölovçisi tan jarohati olib, tuman şifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinköl tumani IIB Yöl harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.