Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuztrade – sizga Xitoydagi yangi texnologiya va tovarlar haqida ma'lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi
Shuztrade – Biz Xitoy hududida bo‘ladigan yirik ko‘rgazmalarga virtual tashrif buyurishni taklif etamiz. Aprel oyining 15-kunidan boshlanadigan Xitoy import-eksport mahsulotlarning Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmasiga (Kanton yarmarkasi) birinchi virtual tashrif innovatsion xizmatini taklif etadi. Ushbu xizmat orqali siz o‘z ish joyingizni tark etmagan holda ko‘rgazma haqida to‘liq ma'lumot olishingiz mumkin. Bu ayniqsa u yoki bu sababga ko‘ra ko‘rgazmada ishtirok etolmaganlar uchun ayni muddaodir. Biz sizning o‘rningizga ko‘rgazmada ishtirok etib, sohangizga taalluqli bo‘lgan va sizni qiziqtirgan yirik Xitoy ishlab chiqaruvchilari va import-eksport kompaniyalari bilan muzokaralar olib boramiz hamda siz uchun muhim bo‘lgan savollarga javob olamiz.
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, taklif qilinayotgan xizmat Xitoy import-eksport kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilari to‘g‘risida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishga intiluvchi yirik korxonalar hamda xususiy tadbirkorlar uchun tezkor axborot almashinuvidir.
«Ko‘rgazmaga virtual tashrif» xizmati qanday ishlaydi?
Sizdan talab qilinadigan ma'lumot:
Ko‘rgazma bo‘yicha Sizning aniq ko‘rsatmangiz (bu juda muhim): sotib olinadigan va sotiladigan tovar-mahsulotlar, uskunalar haqida aniq ma'lumot, Xitoy ishlab chiqaruvchi va import-eksport kompaniyalariga siz tarafdan quyiladigan talablar, shuningdek, boshqa ma'lumotlar aniq maqsadni ifoda etishi lozim.
Sizning talablaringiz bo‘yicha hamkasblarimiz xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishadi. Xitoy ishlab chiqaruvchilari, zavod- fabrika va import-eksport kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishda ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislarimiz sizning talablaringizga to‘liq mos keluvchi ma'lumotlarni jamlaydi.
«Ko‘rgazmaga virtual tashrif» xizmati imkoniyatlari:
- ko‘rsatmangizda belgilangan tovar-mahsulot, uskunalarni ishlab chiqaruvchilar va import-eksport kompaniyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni (nomi, rekvizitlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, mahsulot assortimentlari, maxsus sertifikatlarga egaligi va h.k.) olish;
- yangi biznes hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri «online» rejimda muzokaralar olib borish;
- buyurtma qilinadigan tovar-mahsulotlar, uskunalarni ishlab chiqarish muddatlari, to‘lov/yuklash shartlari, kafolat muddatlari va kafolat muddati tugagach xizmat ko‘rsatish shartlari haqidagi ma'lumotlarni aniqlab olish;
- ko‘rsatmangizda aks ettirilgan tovarlarning yangi turlari va ulgurji narxlari haqida axborot olish.
Kerakli ma'lumotlar yig‘ilgandan so‘ng, ular (katalog, buklet, tashrif kog‘ozlari, agar imkoni bo‘lsa, mahsulotdan namuna) tezkor-pochta orqali, surat va video materiallar esa elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlaringiz orqali yetkaziladi. Jamlangan ma'lumotlar asosida sizga biznes uchun mos takliflarni eks ettiruvchi kichik yig‘ma hisobot taqdim qilinadi.
Har bir buyurtma (biznes g‘oya) va buyurtmachi haqidagi ma'lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi hamda xizmat o‘zaro ishonch va hamkorlik prinsiplariga asosan amalga oshiriladi.
«Ko‘rgazmaga virtual tashrif» xizmati afzalliklari:
- aviabilet, viza, mehmonxona, restoran, taksi va tarjimon xizmatlari xarajatlari hamyoningizda qoladi;
- vaqtingiz va asabingizni ketgazmaysiz;
- ko‘rgazmada shaxsan ishtirok etish xarajatlari «Ko‘rgazmaga virtual tashrif» xizmatidan 6 marta foydalanish (6 ta ko‘rgazmada ishtirok etish) imkonini beradi;
- keng ko‘lamli axborotga juda qisqa va hamyonbop narxda ega bo‘lish;
- Xitoyda ishonchli hamkorga ega bo‘lish. Bizning mutaxassislarimiz Xitoy tili, xalqi va mentalitetini mukammal biladi. Shuningdek, ko‘plab Xitoy ko‘rgazmalarida ishtirok etgan tajribali hamkasblarimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar biznes yuritish va narx siyosatini inobatga olgan muzokaralar olib boradilar;
- xizmat narxining arzonligi, atigi 2 500 000 so‘m.
Agar sizni Xitoy ishlab chiqaruvchilari shartlari to‘la qoniqtirsa, biz siz bilan hamkorlikni keyingi bosqichiga o‘tamiz, ya'ni tovar-mahsulot, uskuna sotib olish uchun shartnoma tuzish. Xitoy ishlab chiqaruvchilari bilan shartnoma tuzilgach, siz shartnomada ko‘rsatilgan summaning 30 foizini buyurtma qilingan mahsulotni ishlab chiqarish uchun o‘tkazasiz, mahsulot tayyor bo‘lgach qolgan 70 foiz to‘lov o‘tkaziladi va biz sizning yukingizni konteynerga ortib sizga jo‘natamiz.
Shunday qilib biz, sizning qimmatli vaqtingiz va pulingizni tejab, mahsulot qidirish va sotib olish jarayonlarida sizning o‘rningizga biz xizmat qilamiz.
Guanchjoudagi 123-Import va eksport mahsulotlari Xalqaro yarmarkasi
(Kanton yarmarkasi)ga virtual tashrif uchun marojaatlar qabul qilamiz.
Batafsil ma'lumot uchun:
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 42-uy.
Veb-sayt: www.chuztrade.uz
E-mail: [email protected]
Tyel: +998951430055
+998946713375
+8613924015150 Xitoy
Telegram orqali bog‘lanish: +998951430055
Telegram kanaliga obuna bo‘lish: https://t.me/chuztradeuz
Telegram-bot: @chuztradeuz_bot
Instagram: @chuztrade
Facebook: @chuztrade.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026