Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy joy oldi-sotdisida qarz yo‘qligi haqida fuqarolarning ma'lumot olishi bosqichma-bosqich to‘xtatiladi
“Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda davlat notarial idorasi idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali:
2019 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) elektr va gaz ta'minoti;
2021 yil 1 yanvardan boshlab issiqlik ta'minoti, suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarish bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma'lumotlarni mustaqil oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 iyuldan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi notariuslar ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda notariuslar quyidagi ma'lumotlarni fuqarolardan emas, balki mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshirishi lozim:
bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini;
doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid ma'lumotlarni.
Toshkent shahrida esa, 2017 yil 1 iyuldan boshlab, ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda talab etiladigan hujjatlarni (pasport va kadastr yig‘ma jildidan tashqari) notariuslar mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali tekshirishi shart.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026