112 yoshli yaponiyalik sayyoramizning eng keksa erkagi deb tan olindi
Yaponiyaning Xokkaydo orolida yashovchi 112 yoshli erkak Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra sayyoramizning amaldagi eng keksa erkagi deb tan olindi. Bu haqda 10 aprelda ma'lum qilindi.
Masadzo Nonaka ismli ushbu qariyaning yoshi 10 aprelga kelib 112 yil 259 kunni tashkil qilmoqda. Avvalgi rekord 113 yoshli ispaniyalik Frantsisko Oliverega tegishli edi. U joriy yilning fevralida vafot etgan.
Qariya Nonaka o‘zining nabiralari bilan Xokkaydo shimolidagi Meakan tog‘i etagida yashaydi. Uning avlodlari issiq chashmalarda joylashgan kichik mehmonxonani boshqarishadi. Qariya uzoq hayot ko‘rish sirlari haqidagi savollarga odatda shunchaki o‘z ritmida yashashini aytadi. Nonaka keksa yoshiga qaramay odatiy turmush tarziga amal qiladi: u shirinlikni, ayniqsa tortlarni xush ko‘radi, gazetalar mutolaa qiladi va minerallarga boy issiq chashmalar suvidan iborat vannalar – onsenami qabul qilishdan zavq oladi.
E'tiborlisi, qariya hozirda eng keksa odamlar umumiy reytingida 31-o‘rinni egallamoqda va undan avvalgi barcha o‘rinlar ayollarga tegishlidir.
Sayyoramizning eng keksa vakili nomi esa 117 yoshli yaponiyalik momo Nabi Tadzimaga tegishli. Momo ham sayyoramizning eng keksa ayoli, ham eng keksa odami hisoblanadi. U 1900 yil avgustda dunyoga kelgan.
Mavzuga oid
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024