O‘zbekiston | 17:50 / 10.04.2018
6357
2 daqiqa o‘qiladi

Bepul reabilitatsiya tibbiy vositalari soni ko‘paydi

Illyustrativ foto/cheyenneregional

Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori bilan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ajratib ko‘rsatiladi.
 
1) Eslatib o‘tamiz, nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari, shuningdek kreslo-aravachalar (bundan keyin – reabilitatsiya vositalari) bilan hududiy tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul ta'minlanadi. Ushbu vositalar ro‘yxati quyidagi pozitsiyalar bilan to‘ldirildi:

2) Pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar davolovchi shifokorning tibbiy xulosasi asosida reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlanadi. Ilgari bunday xulosa 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga berilar edi. Endi uning amal qilish muddati kasallikning xususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilishi darajasiga va kompensatorlik mexanizmlarining holatiga qarab belgilanadi. 
 
Shu tariqa, kasallik uzoq kechganda yoki salomatlikka muntazam ravishda yoki uzoq vaqtdan buyon putur yetayotganda tibbiy xulosani doim olishga zarurat bo‘lmaydi.
 
3) Reabilitatsiya vositalari belgilangan kafolat muddati tugagandan keyin yaroqsiz holga kelsa, ular ta'mirlanadi yoki nosozliklari bartaraf etiladi. Ilgari buning uchun zarur mablag‘lar respublika byudjyetidan ajratilar edi, endi esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlari hisobidan ajratiladi.   
 
Hujjat 4.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

Mavzuga oid