Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilingan loyihada aytiladi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga kiritilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalar:
1. 1-ilova quyidagi mazmundagi III-1-bob bilan to‘ldiriladi:
“III-1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish
17-1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi)da saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Saxovat” internat uylariga joylashtiriladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
17-2. Reabilitatsiya markazlaridan “Saxovat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 11–12-bandlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
17-3. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish to‘g‘risida reabilitatsiya markazida saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning reabilitatsiya markazi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispanserlarining xulosalari;














