Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya, Ukraina va Fransiya prezidentining Rossiya ishtirokisiz uchrashuvi o‘tkaziladi
GFR kansleri Angela Merkelning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuv davomida ma'lum qilishicha, Axenda may oyida GFR, Ukraina va Fransiya yetakchilarining Rossiya ishtirokisiz uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Ukraina prezidenti Axenda bo‘ladi, ehtimol, qisqacha uchrashuv tashkillashtiriladi, biz bu haqda gaplashdik. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, men va Poroshenko qatnashadi. Biroq bu, albatta, «normand shakli» emas, sababi «normand shakli»ga to‘rt kishi kiradi. Rossiya prezidenti Axenga kelmaydi», - deya aytib o‘tdi u.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Germaniya Ukrainaga qarshi yo‘naltirilgan harakatlarni hech qachon qo‘llab-quvvatlamaydi.