15:20 / 10.04.2018
13011

«Povetkin qiziq emas, Uaylder kerak». Joshua joriy yildagi rejalarini aytdi

Foto: Reuters

Boks bo‘yicha uch nufuzli yo‘nalishdagi jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan 2018 yilda jang o‘tkazishdan manfaatdor emasligi bildirdi.

«Meni Povetkin qiziqtirmaydi, menga Butunjahon boks kengashi (WBC) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Deontey Uaylder bilan jang qiziq. Men barcha kamarlarni saqlab qolmoqchiman.

Umid qilamanki, Povetkin bilan jang 2019 yilga ko‘chirilishi mumkin», - deya Joshuaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Joshua yangi zelandiyalik Jozef Parkerni ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratdi va uchta sovrinni birlashtirdi: Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks tashkiloti (WBO). WBC kamari esa amerikalik Uaylderga tegishli bo‘lib turibdi.

 

Mavzuga oid
Top