Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zganing avtomashinasini rasmiylashtirib berishni va'da qilib 4 700 dollar olgan firibgar ushlandi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 29 yanvar kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 22 yanvar kuni Shayxontohur tumani 3-Qo‘rg‘oncha ko‘chasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan B.T. TXAY ko‘chasida joylashgan “Mustang” AYoQSh oldida 1984 yilda tug‘ilgan G‘.T.ga 1978 yilda tug‘ilgan I.Z.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani keyinchalik uning nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib berishni aytib, 4 700 AQSh dollarini olib ketib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida B.T. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026