Taraqqiyot strategiyasi markazi Özbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qiliş konsepsiyasi loyihasiga qisqaça şarh berdi.
Quyida markaz ekspertlarining umumiy xulosalari bilan tanişişingiz mumkin
I. Soliq tizimini isloh qiliş böyiça işlab çiqilgan Kontseptsiya loyihasi Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida respublikamiz soliq siyosatini tubdan takomillaştirişda, tizimning şaffofligini ta'minlaşda va şu orqali milliy iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanişi uçun zamin yaratişda muhim öringa ega.
Xususan, soliq tizimining soddalaştirilişi soliq tölovçilar,şu jumladan xorijiy investorlar uçun öziga xos bir çaqiruv hisoblanib, bu bilan davlat islohotlarni faqat iqtisodiy usullarni qöllagan holda amalga oşiriş yölini tanlaganining yana bir amaldagi isboti hisoblanadi.
Mazkur konsepsiya loyihasida nazarda tutilgan çora-tadbirlarning amalga oşirilişi, xususan soliq yukini kamaytirilişi, iqtisodiyotning muhim qismini “soyadan” olib çiqilişi, huquqiy va mas'uliyatli biznesni rağbatlantirilişi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uçun real şart-şaroitlarning yaratilişi va boşqalar öz navbatida yaqin kelajakda Özbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanişi, manfaatli va doimiy iş örinlarini yaratilişi orqali aholining yaşaş darajasini oşişida öz aksini topadi.
II. Şu bilan birga, soliqlar davlat byudjyeti daromadlarini şakllantirişda potensial manba ekanligini hamda soliq tizimini tubdan va juda ham qisqa davrda isloh qiliş dastlabki yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta'sir körsatişi mumkinligini ham inobatga oliş lozim böladi.
Joriy yilda respublikamiz davlat byudjyeti daromadlarida qöşilgan qiymat soliğidan (QQS) tuşumlar uluşi 35,4 foizni (22 trln. söm), yuridik şaxslarning foyda soliğidan tuşumlar - 4 foizni (2,5 trln. söm), tadbirkorlik sub'yektlarining yagona soliq tölovidan ajratmalar va qat'iy soliqlar - 8,2 foizni (5,1 trln. söm), mulk va yer soliği - 5,5 foizni (3,4 trln. söm) hamda jismoniy şaxslarga daromad soliğining uluşi 8,4 foizni (5,2 trln. söm) taşkil etişini va ulardan tuşumlar asosan ijtimoiy sohalarni (35 trln. söm) moliyalaştiriş manbalari ekanligini hisobga olsak, soliq tizimidagi islohotlar masalasini juda ham nozikligi yanada namoyon böladi.
Moliya sohasidagi ayrim mutaxassislarning fikriça, soliq tizimini taklif etilayotgan şaklda, ya'ni juda ham qisqa davrda tub özgarişlarning amalga oşirilişi, şuningdek, yuridik şaxslar foydasidan tölanadigan soliqni bekor qiliş evaziga 25 foizlik dividend soliğining kiritilişi, QQS stavkasining 20 foizdan 12 foizgaça pasaytirilişi va boşqa islohotlar hisobiga davlat byudjyetiga kelib tuşadigan tuşumlarning birinçi yilda 20-25 trln. sömgaça kamayişi kuzatilişi va bunday salbiy holat 3 yilgaça davom etişi mumkin.
Mazkur yöqotişlarni qoplaşning asosiy yöllari byudjyet harajatlarining qisqartirilişi yoki soliq solinadigan bazaning kengayişi hisobiga boşqa soliqlar böyiça tuşumlarning köpayişi, yoxud ba'zi mutaxassislar fikriga köra, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi yoki Xalqaro moliya taşkilotlari mablağlarini jalb qiliş bölişi mumkin.
Şu örinda, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi va Xalqaro moliya taşkilotlaridan jalb qilingan mablağlarni byudjyet xarajatlari uçun işlatilişi bevosita inflyatsiyaga ta'sir qilgan holda, dastlabki yillarda Özbekistondagi inflyatsiya darajasi nazorat qilib bölmaydigan darajaga, ya'ni yillik 30-35 foizga yetişi mumkin deb baholanmoqda.
Şuningdek, amalda dividend tölaş uçun korxona foyda olgandan söng birinçi navbatda uşbu foydani taşqi audit tomonidan tasdiqlatişi va ta'sisçilar yiğilişi orqali uni taqsimlaş töğrisida qaror qabul qilinişiga örtaça 6 oy vaqt ketişi sababli deyarli barça taşkilotlar dividendni avvalgi yil uçun har yili bir marta tölaydilar. Ya'ni, agar taşkilot dividend tölaş böyiça qaror qabul qilgan taqdirda ham dividend soliği bir yilda bir marta tölanadi, bu esa byudjyetning har oylik manbalarini şakllantirişga va majburiyatlarining bajarilişiga özining salbiy ta'sirini körsatmasdan qolmaydi, albatta.
Amaliyotga faqat 25 foizli dividend soliği joriy etilsa, ayrim xöjalik sub'yektlari osonlikça va heç qanday xatarlarsiz soliqlarni tölamasdan mablağlarni oliş yoki boşqaça aytganda, aksionerlar (ta'sisçilar) dividend soliğini tölamaslik maqsadida xöjalik faoliyati orqali dividendlar tölovini yaşirin tarzda amalga oşirişga urinişlari mumkinligini ham hisobga oliş lozim (aktivlarni sotib oliş va ularni taşkilot nomiga rasmiylaştiriş, xizmat körsatiş böyiça soxta şartnomalarni rasmiylaştiriş va h.k.).
III. Respublikamiz soliq tizimini isloh qiliş valyuta konvertatsiyasining oçilişidan keyingi asosiy qadamligini, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun mustahkam poydevor bölişini yana bir bor ta'kidlagan holda soliq tizimini isloh qilişning hozirgi davrida quyidagilarni ham hisobga oliş maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1) Soliq tizimini tubdan isloh qilişdan oldin amaldagi soliq tizimini çuqur va har tomonlama tahlil qiliş, uning barça salbiy va ijobiy jihatlarini örganiş, kiritilayotgan özgartirişlarning sohalarga, yirik korxonalar, tadbirkorlik sub'yektlari va fuqarolarga ta'siri böyiça stress-testlar ötkaziş, kiritilayotgan özgarişlarning byudjyet daromadlari va xarajatlarining har bir turiga ta'sirini, şuningdek, soliq islohoti natijalari prognozini soliştirma jadvallar va aniq körsatkiçlar asosida baholaş.
Şuningdek, ötgan yillarda (a) ixtiyoriy ravişda tölangan soliqlar summasi, (b) nazorat qiluvçi organlar tomonidan majburiy undirilgan soliqlar summasi, (v) soliq tölovçilar va nazorat qiluvçi organlar örtasida soliqlar böyiça nizolarning soni, (g) ortiqça tölangan soliqlar böyiça qaytarilgan summa yoki ortiqça tölovlarning ortganligi hamda (d) soliq tölovçilar tomonidan moliya va nazorat organlariga soliqlarga oid tuşuntirişlar beriş böyiça qilingan murojaatlar sonini tahlil qiliş ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mazkur tadbirlar amalga oşirilgandan sönggina yangi özgarişlarni amaliyotga joriy etiş maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aks holda oxir-oqibatda soliqqa tortişning boşqaça nomlangan eski tizimiga yoki yanada salbiyroq variantiga erişiş mumkin.
2) Soliq tizimini isloh qiliş konsepsiyasini Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot va hududlarning rivojlaniş holati, davlat byudjyeti parametrlari ijrosi, şuningdek, amalga oşirilayotgan valyuta islohoti natijalaridan kelib çiqib, makroiqtisodiy, monetar va fiskal siyosat bilan özaro mutanosiblikda va bosqiçma-bosqiç ravişda amalga oşiriş.
3) Soliq islohoti natijasida dastlabki yillarda vujudga kelişi mumkin bölgan byudjyet yetişmovçiliklarini noinflyatsion manbalar, jumladan Davlat qimmatli qoğozlarini muomalaga çiqariş, davlat obektlarini xususiylaştiriş, xöjalik birlaşmalaridagi davlat uluşini sotiş va boşqalar orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş va inflyatsiyani haddan taşqari oşib ketişini oldini oliş.
4) Soliq Kontseptsiyasidan közlangan boş maqsadni aniq belgilab oliş va şunga munosib ravişda kontseptual özgartirişlarni amalga oşiriş. Amaliy nuqtai nazardan quyidagi yönalişlarga ustuvorlik qaratilgan konsepsiyalarni misol tariqasida keltirib ötiş mumkin:
- asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar barqarorligini ta'minlaş;
- aholini ijtimoiy muhofaza qiliş va yangi iş örinlari yaratilişini rağbatlantiriş;
- tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş;
- davlat byudjyeti parametrlari defitsitining yuqori bölişini oldini oliş (xalqaro tajribada byudjyet taqçilligini YaIMga nisbatan 3 foizdan yuqori bölişi - xatarli hisoblanadi);
- mahalliy byudjyetlar daromad manbalarini va mahalliy organlarning moliyaviy mustaqilligini oşiriş.
5) Yuridik şaxslar foydasiga soliqni bekor qiliş evaziga 25 foizlik dividend soliğini kiritilişining, QQS böyiça amalga oşiriladigan özgartirişlarning taqqoslama prognozini işlab çiqiş.
Şuningdek, 25 foizlik dividend soliğining kiritilişi milliy qimmatli qoğozlar bozori jozibadorligini pasayişiga olib kelişi, şuningdek, investorlarning manfaatdorligiga salbiy ta'sir ötkazişi mumkinligini çuqur örganib çiqiş.
6) Kiçik biznes sub'yektlariga ham 12 foizlik QQS joriy qilinişi va soddalaştirilgan soliq tartibini tugatilişining dastlabki yillarda uşbu soha rivojlanişiga va yangi iş örinlarini yaratişdagi imkoniyatlarini çeklaşga olib kelişi mumkinligini örganiş. Bunda respublikamizda YaIMning 50 foizdan ortiği kiçik biznes sub'yektlari hisobiga şakllanişini ham inobatga oliş.
7) Turli mamlakatlarning soliq siyosati va ularda amalga oşirilgan islohotlarning dastlabki yillarda iqtisodiyot, davlat byudjyeti, tadbirkorlik faoliyatiga va investitsion muhitga ta'siri töğrisida amaliy tajribaga ega bölgan xalqaro taşkilotlar mutaxassislari fikrini örganiş ham muhim ahamiyat kasb etadi.












