Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasiga qaraşli “Yandeks. Taksi” xizmati 2018 yilda Özbekistonga kirib kelganidan beri tez ommalaşdi. Avval Toşkentda, keyin mamlakatning boşqa şaharlarida ham xizmat körsatişni yölga qöydi.

2021 yildan u Toşkent şahri hududida tölov uçun bank kartalarini qabul qilişni boşladi. Lekin bu orada haydovçilar naqdsiz tölov asosida buyurtmalarni qabul qilişni rad etişi kabi holatlar kuzatila boşladi.

Taksi buyurtma qilgan mijoz “Yandex Go” ilovasi orqali yölkira naqd yoki naqdsiz şaklda bölişini tanlay oladi. Haydovçi mijozni olişga yetib kelgaç, buyurtmani naqdsizdan (kartadan) naqdga özgartirişning imkoniyati yöq. Şuning uçun haydovçilar köpinça mijozga telefon qilib, buyurtmani naqd pulga ötkaziş yoki bekor qilişni söraydi.

Haydovçilar buyurtma naqdsiz şaklda ekanini körgaç, heç qanday ogohlantirişsiz, mijozni manzildan olmasdan ketib qolgan holatlar köp bölgan. Şunda mijoz buyurtmani bekor qilişga majbur böladi, lekin “Yandex Go” xizmati taksi yetib kelgaç, buyurtmani bekor qilgani yoki taksi biroz masofani bosib ötgani uçun mijozdan 3000-4000 söm atrofida pul yeçib oladi. Agar bu haqda qöllab-quvvatlaş xizmatiga ma’lum qilinsa, pul yeçib oliş bekor qilinadi.

Ba’zan haydovçilar naqd bölmagan tölovlarni yeçib oliş vaqt talab qilişidan şikoyat qiladi.

Ayrim haydovçilar Kun.uz bilan suhbatda naqdsiz tölovlar “Yandeks. Taksi” komissiyasini qoplab borişini, şu tufayli bu juda qulayligini aytadi. Komissiya miqdori har bir buyurtma uçun hisoblangan yöl haqining 5 foizidan 13 foizigaça. Biroq ba’zan haydovçilar hisobida keragidan ortiq pul töplanib qoladi, ortiqça mablağni olişga zarurat tuğiladi.

E’tirozlar va savollar

Şu kunlarda bu masala ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bölmoqda. Bloger Şahnoza Soatova Twitter'dagi sahifasida “Yandeks. Taksi” haydovçisi bilan kartadan tölov borasida muammo yuzaga kelgani haqida yozdi. Haydovçi undan naqdsiz tölov asosidagi buyurtmani bekor qilişni co‘ragan.