Prezidentning 27 dekabrdagi 458-sonli qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan mahallalarning mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning özida qoladigan böldi.
Bu «Mahalla budjeti» tizimi orqali işlaydi. Dastlabki bosqiçda 14 hududdan bittadan (soliqlarni undiriş körsatkiçi past bölgan) tumanda «Mahalla budjeti» tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etilişi belgilangan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuşuntirişiça, bir mahallaning öziga xos xususiyatidan kelib çiqqan holda qöşimça manbalarni izlaş va ularning daromadlari bazasini kengaytiriş orqali mahallalardagi mavjud muammolar bartaraf etiladi.
Buning uçun «mahalla budjeti» tizimi tajriba tariqasida joriy etilgan tumanlarda bir mahallaning mol-mulk va yer soliği böyiça undirilgan mablağlarning 10 foizi har oyda keyingi oyning 10-sanasiga qadar tuman budjetlari orqali tegişli jamğarmalarga yönaltiriladi. Keyingi bosqiçda tizim asosida şakllantirilgan mablağlar hisobidan moliyalaştirilişi taklif etilayotgan va amalga oşirilgan tadbirlar töğrisidagi ma’lumotlar «Oçiq budjet» axborot portaliga joylaştirib boriladi.
Jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan takliflar ovoz beriş yöli orqali saralab olinadi va ularga şakllantirilgan mablağlar yönaltiriladi.
Amalga oşirilgan tadbirlardan kelib çiqib vazirlik va idoralar tomonidan huquqiy eksperiment natijalari tahlil qilinadi.
Şakllantirilgan mablağlar mahalla infratuzilmasini yaxşilaş, mahallani obodonlaştiriş, ijtimoiy himoya sohalariga yönaltiriladi.
Masalan, huquqiy eksperiment tariqasida joriy etilgan Toşkent şahar Uçtepa tumanida joylaşgan 60 ta mahallalarda 65 mingdan ziyod soliq tölovçilar bor. Bundan Degrez mahallasida 700 ta obekt bölib, yillik hisoblangan mol-mulk soliği 513,1 mln söm, yil boşiga soliq qarzi esa 84,5 mln sömni taşkil etadi. Agar mahalla tomonidan mart oyida 100 mln söm undirilsa, uşbu summaning 10 foizi yoki 10 mln sömi 10 aprelga qadar Degrez mahalla jamğarmasiga ötkaziladi. Degrez mahallasi esa 10 mln söm mablağni bolalar maydonçasini ta’mirlaş yoki kam ta’minlangan oilalarga kömak uçun ajratişi mumkin.

















