E-aktiv axborot tizimida soliq hisobi bilan boğliq operatsiyalarni aks ettiriş 2024 yilgaça ixtiyoriy bölib qoladi. Bu haqda Soliq qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Avvalroq bu tartib 2023 yil 1 martdan e’tiboran majburiy bölişi belgilangan edi.
Ma’lum qilinişiça, qömitada va qömita huzuridagi Jamoatçilik kengaşida ötkazilgan muhokamada berilgan taklif va yeçimlarni inobatga olib, E-Aktiv axborot tizimida soliq hisobi bilan boğliq operatsiyalarni ixtiyoriy aks ettiriş tartibining amal qiliş muddatini 2024 yil 1 yanvargaça uzaytiriş töğrisida hukumatga taklif kiritilgan.
“Yaqin kunlarda tadbirkorlik sub’yektlariga soliq majburiyatlarini bajarişda qöşimça qulaylik va yengilliklar berişga qaratilgan normativ hujjat qabul qilinişi kutilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2022 yil iyun oyida qabul qilingan prezident qaroriga asosan, xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga oliş hamda öz ustav fondini şakllantiriş bilan boğliq barça operatsiyalarni soliq organlarining Ye-aktiv axborot tizimida aks ettiriş 2023 yil 1 martga qadar ixtiyoriy deb belgilangan edi.
Avvaliga, E-Aktiv'ga oid talab 2022 yil 1 yanvardan kuçga kirişi közda tutilgan, lekin tadbirkorlar va buxgalterlarning e’tirozlaridan keyin, bu çora keçiktirilgandi.













