Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mey Trampga Suriyada qo‘shma harbiy kampaniya bo‘yicha rad javobini berdi - The Times
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey AQSh prezidenti Donald Trampga Suriyaga birgalikda zarba berish bo‘yicha rad javobini berdi. Bu haqda The Times xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, ikki yetakchi o‘rtasidagi muloqot seshanba, 10 aprel kuni bo‘lib o‘tgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp Meyga Suriya prezidenti Bashar Asadning qo‘shinlariga birgalikda zarba berish borasida taklif bilan chiqqan. Bu Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol qo‘llanganiga javoban amalga oshishi lozim bo‘lgan. Bosh vazir Trampga rad javobini bergan: uning fikricha, tomonlar Suriyada kimyoviy hujum ro‘y berganini isbotlovchi dalillarni olishi kerak.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Meyning qaroriga Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) ekspertlarining Suriyaga yuborilishi ham ta'sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, ular Dumada ro‘y bergan hodisani surishtiruvdan o‘tkazadi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026