Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017 yil 8 sentabrdagi 704-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 8 sentabrdagi 704-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-banddagi «Furqat ko‘chasi, 1-uyda (7 va 8-qavatlar)» so‘zlari «Qoratosh ko‘chasi, 1-uy (7-qavat)» so‘zlari bilan almashtirildi.
2. Ilovada:
a) 4-banddagi «Furqat» so‘zi «Qoratosh» so‘zi bilan almashtirildi;
b) 5-bandda:
beshinchi xatboshidagi «joylarini» so‘zidan keyin «xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va» so‘zlari qo‘shildi;
oltinchi xatboshidagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi» so‘zlari «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) belgilaydigan hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus bilan chiqqan» so‘zlari bilan almashtirildi;
v) 6-bandda:
«a» kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
«v» kichik bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
«milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida»;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shiladi:
«milliy valyutada — jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida»;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi;
g) 9 banddagi «(keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi)» so‘zlari chiqarib tashlandi;
d) 12-bandning uchinchi xatboshidagi «resurslari» so‘zi chiqarib tashlandi;
ye) 13-bandning oltinchi xatboshidagi «resurslar» so‘zi chiqarib tashlandi;
j) 21-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi;
z) 5-bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
i) 35-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida»;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shildi:
«milliy valyutada — jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida»;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi;
k) 36-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«36. Milliy valyutada qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida kreditlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy valyutada kreditlar ajratadigan tijorat banklari Jamg‘armaning kompensatsiyalarini oluvchilar hisoblanadi»;
l) 38-bandda:
to‘qqizinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon etildi:
«byudjyetga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga;
o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlandi;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:
«ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan cheklovlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus ko‘rsatgan loyihalarga tatbiq etilmaydi»;
m) 50-banddagi «hisobot davridan keyingi» so‘zlari chiqarib tashlandi;
n) 53-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«kichik tadbirkorlik sub'yektlarining va/yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda»;
o) 62-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
«62. Kafillik berish bo‘yicha Jamg‘arma xizmatlari pulli hisoblanadi. Jamg‘armaning kafilligi berilganligi uchun kichik tadbirkorlik sub'yektlaridan milliy valyutada kafolat summasining 1 (bir) foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqi undiriladi»;
p) 64-bandning ikkinchi xatboshidagi «foizdan» so‘zidan keyin «(oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari loyihalaridan tashqari)» so‘zlari qo‘shildi;
r) 69-bandning to‘rtinchi xatboshidagi «xulosani rasmiylashtiradi
va unga kichik tadbirkorlik sub'yekti to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma'lumotni ilova qiladi» so‘zlari «bankni ijobiy qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida xabardor qiladi» so‘zlari bilan almashtirildi;
s) 72-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
«Jamg‘arma tomonidan kafillik bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganda»;
t) 83-bandning birinchi xatboshidagi «yoki ushbu hujjatlar kafolat muddati tugagandan so‘ng taqdim etilgan» so‘zlari chiqarib tashlandi;
u) 90-banddagi «taqdim etilgan resurslar» so‘zlari chiqarib tashlandi;
f) 91-banddagi «resurslar» so‘zi chiqarib tashlandi;
x) 94-banddagi «Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan resurslardan maqsadli foydalanish, shuningdek» so‘zlari chiqarib tashlandi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
18:39 / 24.02.2026