Prezident farmoniga köra, Baliqçilikni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi.

2027 yil 1 mayga qadar baliqçilik xöjaliklarida suv resurslaridan foydalaniş, baliq yetiştiriş hajmi, ozuqa sarfi va qöllanayotgan texnologiyalar töğrisidagi ma’lumotlarni yagona tizimda yuritiş hamda ijaraga beriladigan suv obektlari hisobini yuritiş böyiça “e-baliq” elektron platformasi joriy etiladi.

Toşkent davlat agrar universiteti va Xitoyning Daliyan universiteti bilan hamkorlikda 2027/2028 öquv yilidan boşlab baliqçilik va akvakultura böyiça qöşma fakultet taşkil etiladi.

Bunda:

yiliga 50 nafargaça abituriyent talabalikka davlat granti asosida qabul qilinadi;

ta’lim jarayonlari “2+1” şaklida taşkil etiladi va qabul kvotalari har yili örnatilgan tartibda davlat buyurtmasi qabul parametrlari doirasida tasdiqlanadi.