Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolari «beshligi» bilan Suriyani muhokama qildi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolari bo‘lgan besh davlat doimiy vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad - «hozirgi boshi berk vaziyat tufayli kelib chiqayotgan xatar borasida jiddiy tashvishni bildirish, hamda vaziyat nazoratdan chiqmasligiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini qayd etish».
«Biz shuni yoddan chiqarmasligimiz kerakki, yakunda bizning sa'y-harakatlarimiz Suriya xalqining dahshatli azob-uqubatlarini to‘xtatishga qaratilgan bo‘lishi kerak», - deyiladi rasmiy bayonot matnida.
Ta'kidlanishicha, Guterresh mamlakat hududida kimyoviy qurol qo‘llanilishi bo‘yicha uchta rezolyutsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragani, shuningdek, Xavfsizlik Kengashi bu masala bo‘yicha hamon bir qarorga kela olmayotganidan afsusda ekanini bildirgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026