Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda 11,4 mlrd dollarlik aktivlarni boshqarish uchun “Misr jamg‘armasi” tashkil etilmoqda
Misr davlat aktivlarini boshqarish uchun ruxsat berilgan kapitali 200 mlrd Misr funtini (11,4 mlrd dollar) tashkil qiluvchi suveren jamg‘arma tashkil qilishni tasdiqladi. Bu haqda “Al-Masri al-Yaum” nashri xabar berdi.
“Vazirlar mahkamasi davlat aktivlarini yaxshiroq boshqarish uchun “Misr jamg‘armasi” deb nom olgan suveren jamg‘arma tashkil etishni tasdiqladi”, deb ma'lum qildi Misrning rejalashtirish vaziri Xolya as-Maid.
Uning aytishicha, jamg‘arma tasarrufiga davlat tomonidan umuman yoki yetarlicha samarali ishlatilmaydigan aktivlar beriladi. Bundan tashqari, jamg‘arma o‘z faoliyatida investitsiya qilishi va foydalanishi mumkin bo‘lgan 5 mlrd funt (300 mln dollar) oladi.
Misr jamg‘armasi direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi. Bu kengash tarkibiga rejalashtirish va moliya vazirlari kiradi. Jamg‘armaga sho‘'ba jamg‘armalar ochish, muqobil xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026