Olimlar Ğarbning yoğli taomlarini iste'mol qiluvçi odamlarning içaklarida ovqat hazm qiliş jarayonida yoğlarning parçalanişi va semizlik rivojini tezlaştirişga turtki beruvçi öziga xos mikroblar borligini aniqlaşdi. Cell Host & Microbe jurnalida şu haqida xabar berildi.
"Bu bakteriyalar içak yoğlarning yanada samaraliroq sörila boşlaşiga olib keluvçi hodisalar zanjiridagi asosiy zvenolardan biri bölib çiqdi. Ingiçka içak mikroflorasini heç kim örganmagan va biz birinçi bölib bu bakteriyalar yoğlarni hazm qiliş va sörilişni boşqarişi hamda semizlik va yurak kasalliklari rivojida katta rol öynaşini körsatişga muvaffaq böldik", - dedi Çikago universitetidan Yujin Çang.
Sönggi yillarda olimlar Ğarb parhezining köplab salbiy jihatlarini kaşf qilişdi. Masalan, bir yil avval olimlar yoğli taom Altsgeymer kasalligiga sabab bölişi va miya faoliyatini özgartirişi mumkinligini aniqlaşdi. Ikki yil avval esa ular fastfud insonni ovqatlanib bölganini unutişga majbur qilişini ma'lum qilişdi.
Olimlar kemiruvçilarning ovqat hazm qiliş organlari faoliyatini kuzatib, mikroflorasiz siçqonlarning içagi boşqa guruhdagi siçqonlar organizmiga qaraganda yoğli taomni yomonroq hazm qilganini kuzatişdi. Ularning qonida xolesterin va boşqa turdagi yoğ molekulalarining deyarli yöqligi ham şunga işora qiladi.
Çang va uning hamkasblari mikroflora va yoğli taomni hazm qiliş örtasidagi aloqani kaşf qilib, yoğlarning parçalanişi bilan boğliq mikroblarni topişga harakat qilişgan.
Ma'lum bölişiça, bunga Clostridiaceae mikroblari "aybdor" bölib çiqqan, ular yoğlarni parçalovçi va ularning organizmga sörilişini tezlaştiruvçi köplab fermentlarni ajratgan.
Yangi yoğ porsiyalarining paydo bölişi, öz navbatida, bu mikroblarning köpayişini tezlaştirgan. Olimlar "semizlikni keltirib çiqaruvçilar"ning bir neça eng "samarali" versiyalarini tanlab olib, ularni yoğli taom bilan oziqlangan tozalangan içakli siçqonlar ratsioniga qöşişdi. Bu ularni tezda ortiqça vazn töplaşiga olib kelgan.
Olimlar uşbu bakteriyalarning keyingi tadqiq qilinişi ularning qanday qilib mikroflora böylab tarqalişini töxtatiş va inson organizmini semizlik rivojidan himoyalaşi mumkinligini tuşunişga yordam berişiga umid qilişmoqda.

















