O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub'yektlaridir. 

Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;

fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta'minlashga; 

o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishga; 

ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obektidir.

Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi; 

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;

jamoatchilik nazorati sub'yektlarining xolisligi va beg‘arazligi;

jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;

jamoatchilik nazorati sub'yektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta'sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:

davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;