La Liga. «Sevilya» - «Vilyarreal» bahsida ikkita chetlatish, noaniq penalti va ajoyib kambek qayd etildi
Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Sevilya» - «Vilyarreal» o‘yini juda qiziqarli o‘tdi.
Mezbonlar bahsda katta ustunlikka ega bo‘lishdi. Ammo hisob 36-daqiqada mehmonlar tomonidan ochildi. Raba jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
62-daqiqada «Sevilya» hujumchisi Ben Yyedder maydondan chetlatildi. Oradan biroz o‘tgach, Bakka hisobdagi farqni oshirdi - 0:2.
Shundan so‘ng, «Sevilya»ning mag‘lubiyatga uchrashi aniqdek ko‘ringan edi. 75-daqiqada bosh hakam «Vilyarreal» darvozasiga penalti belgiladi va Kostani maydondan chetlatdi. Biroq, mezbonlar hujumchisi Nolito tepgan to‘pni darvozabon ushlab qolishga erishdi.
Shundan keyin ham, «Sevilya» bosimni susaytirmadi va 4 daqiqa ichida 2ta gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Bu natijadan so‘ng, «Vilyarreal» 48 ochko bilan 6-o‘rinda, «Sevilya» 47 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
La Liga, 32-tur
Sevilya – Vilyarreal - 2:2
14 aprel, «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni
Gollar: 0:1 – 36 Raba, 0:2 – 68 Bakka, 1:2 – 78 Nolito, 2:2 – 82 Nzonzi.
Amalga oshirilmagan penalti: Nolito (Sevilya, 75)
Sevilya – Soriya, Langle, Merkado, Eskudero, Sarabiya, Navas, Banega, Nzonzi, Vaskes (Nolito, 67), Sandro Ramires (Mesa, 85), Muriel (Ben-Yyedder, 54).
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Kosta, Rukavina, Ruis, Trigeros, Rodri Ernandes, Cherishev (Soriano, 65), Kastilexo, Raba (Xavi Fuego, 78), Bakka (Unal, 85).
Ogohlantirishlar: Cherishev (22), Banega (37), Sarabiya (51), Kosta (55), Ben-Yyedder (62), Eskudero (87).
Chetlatishlar: Ben-Yyedder (62), Kosta (76).
Mavzuga oid
12:28 / 28.10.2023
La Ligada El-klasiko, APLda Manchester derbisi, A Seriyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
21:04 / 04.09.2023
«Sevilya» Ramos qaytganini e’lon qildi
12:12 / 17.08.2023
«Manchester Siti» - Yevropa Superkubogi g‘olibi
18:38 / 15.07.2023