Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQShning sanksiyalariga qarshi qanday javob loyihasini tayyorlamoqda?
Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Mixail Shmakov RFga qarshi sanksiya kiritayotgan mamlakatlar fuqarolarining ishchi vizalari to‘xtatilishi kerakligini qayd etdi.
Davlat dumasining barcha fraksiyalari vakillari spiker Vyacheslav Volodin bilan birga Rossiya parlamentining quyi palatasiga AQShga nisbatan kontrsanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritishdi. Choralar Rossiyaning AQSh bilan atom, avia- va dvigatel qurilishi sohasida hamkorlikni to‘xtatishni, Amerikaning qishloq xo‘jalik, alkogol va tamaki mahsulotlari taqiqlovini nazarda tutadi.
Byudjyet bo‘yicha Federatsiya Kengashi raisi Sergey Ryabuxin Rossiya AQShning aksilrossiya siyosatiga qarshi javob chorasi sifatida Boeing samolyotlarini ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan titan yetkazib berishni to‘xtatishi mumkinligi aytdi.
Juma kuni AQSh RFga qarshi qator yangi sanksiyalarni e'lon qildi. Sanktsiyalar ro‘yxatidan Rossiyaning qator yirik ishbilarmonlari va ularga qarashli kompaniyalar o‘rin oldi.
AQShdan dasturiy ta'minot sotib olishning taqiqlanishi Rossiya uchun fojia bo‘lmaydi, dedi Davlat dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Vladimir Krupennikov. U shuningdek Rossiya mahalliy muqobil turganda import DTni xarid qilishi mumkin emasligini yodga soldi.
RF kontrsanksiyalari natijasida AQSh iqtisodiyotidagi yo‘qotishlar milliardlab dollarlarni tashkil qiladi.
RFning AQSh xatti-harakatlariga nisbatan javob choralariga oid loyiha may oyida Davlat dumasi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin, deydi Duma vitse-spikeri Pyotr Tolstoy.
Shuningdek mahalliy nashrlarda ta'kidlanishicha, AQShga qarshi javob choralari loyihasida Rossiya hukumati AQSh siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydigan boshqa mamlakatlar investitsiyalarini jalb qiladi.
Mavzuga oid
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026
Epshteyn bilan aloqalari uchun karerasi barbod bo‘lgan odamlar sanaldi
18:18 / 17.02.2026
Urush xavfi kuchayayotgan bir paytda AQSh va Eron yadroviy muzokaralari boshlandi
17:31 / 17.02.2026