23:05 / 15.04.2018
7616

«Atletiko» yirik g‘alabaga erishdi

Foto: Atletiko

Ispaniya chempionatining 32-turida «Atletiko» «Levante»ni qabul qildi. Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida Anxel Korrea, Antuan Grizmann va Fernando Torres o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi.

Shu tariqa, «Levante»ning 5 tur davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi (3 g‘alaba va 2 durang).

«Atletiko» bu g‘alabadan keyin 71 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qolmoqda, «Levante» 31 ochkosi bilan 17-pog‘onada joylashgan.

Ispaniya chempionati
32-tur
Atletiko – Levante 3:0
(1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 33 Korrea, 2:0 – 48 Grizmann, 3:0 – 77 Torres.
Atletiko – Oblak, Savich, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Saul, Koke (Gabi, 62), Vitolo (Xuanfran, 78), Korrea, Grizmann (Torres, 58), Gameyro.
Levante – Olasabal, Rober, Kabako, Pedro Lopes, Morales, Lerma, Djyeyson (Bardi, 46), Kampanya, Abeid (Rodriges, 78), Marti, Sadiku (Ivi Lopes, 46).
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (29), Pedro Lopes (34), Grizmann (41).

Mavzuga oid
Top