Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik baliqchi akuladan biryo‘la 100 ga yaqin akula bolasini oldi (video)
Avstraliyada baliqchi o‘lik akulada kesercha kesish amaliyotini o‘tkazdi va uning 98 ta bolasini qutqarib qoldi. Noodatiy voqea videosi YouTube-kanalida taqdim etildi.
Akulaning qorni qimirlayotganini ko‘rgan 46 yoshli baliqchi Metyu jonivorning qornini yordi va u yerda akula bolalari borligini ko‘rdi.
"Men instinktiv harakat qildim. Avvallari bunday ishga qo‘l urmagandim. Umuman olganda, anchadan beri baliqchilik bilan shug‘ullanaman, shuning uchun akulachalarni imkon qadar tezroq olish kerakligini tushundim", - deya Metyuning so‘zlarini keltiradi Daily Mail nashri.
Metyu akula bolalarining bu qadar ko‘p bo‘lishini kutmagandi. Muvaffaqiyatli "operatsiya"dan keyin erkak ularni suvga qo‘yib yubordi, ona akula go‘shtini esa oila a'zolari bilan iste'mol qildi.
Mavzuga oid
18:35 / 18.04.2026
Maldivda sayyoh akula hujumidan so‘ng bir oyog‘idan ayrildi
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
19:05 / 21.10.2025