19:10 / 15.04.2018
14611

Dunyodagi ilk sun'iy yo‘ldoshli smartfon - Thuraya X5-Touch 

Thuraya Telecommunications Company arab operatori mutlaqo yangi smartfon turi — sun'iy yo‘ldoshli Thuraya X5-Touch ishlab chiqilgani haqida e'lon qildi. Bu smartfon dunyo bo‘ylab ko‘p sayohat qiluvchi va SIM-kartalarni muntazam o‘zgartirishiga to‘g‘ri keluvchi yoki yonida bir necha mobil qurilma olib yuradigan kishilar uchun ishlab chiqilgan. Yangi qurilma mobil tarmoq qamrovi bo‘lmagan yerlarda aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. 

Foto: Thuraya Telecommunications Company

Android-smartfon 2G, 3G va 4G tarmoqlari uchun ikki SIM-kartaga mo‘ljallangan. Uyali aloqa yo‘qligida esa sun'iy yo‘ldosh aloqasini yoqish taklif etiladi. Thuraya X5-Touch shuningdek bir vaqtning o‘zida ikki rejimda ishlay oladi. 

Foto: Thuraya Telecommunications Company

Sun'iy yo‘ldoshli smartfon 5,2 dyuym Full HD displey bilan ishlab chiqariladi. X5-Touch qurilmasi Bluetooth, Wi-Fi, NFC-modul, GPS/GLONASS/BeiDou sun'iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlari priyomnigi, SOS tugmasi va Android 7.0 Nougat operatsion tizimi bilan ta'minlanadi. Hatto suratga olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun old va orqa kameralar ham bor.

Foto: Thuraya Telecommunications Company

Smartfon murakkab sinovlar uchun tayyorlangan: displeyda Corning Gorilla Glass chidamli shishasi, suv va chang o‘tkazmaydigan korpus  (IP67 standarti), mustahkamligi va ishonchliligi bo‘yicha MIL 810 G/F harbiy talablarga javob beradi. Kompaniya smartfonning yaxshi akkumulyator bilan jihozlangani haqida ma'lum qiladi, biroq uning sig‘imi oshkor qilinmadi. Qolgan tafsilotlar, jumladan smartfonning taqdimot sanasi va narxi hozircha sir tutilmoqda. 

Top