Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Xitoy bilan munosabatlarni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqmoqchi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy bilan munosabatlarning mustahkamlanishini yoqlab chiqdi va ularni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqishga va'da berdi. U bu haqda Pxenyanda Xitoy kompartiyasi markaziy qo‘mitasining xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbari Sun Tao bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
“Oliy yetakchi Shimoliy Koreyaning Xitoy bilan an'anaviy do‘stona munosabatlarini qat'iyat bilan ilgari surishi va rivojlantirishini hamda ularni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqishini aytdi”, deb xabar berilmoqda.
Sun Tao Shimoliy Koreyaga Kim Ir Senning 106 yillik tavallud ayyomidagi tadbirlarda ishtirok etgani kelgan. Shimoliy Koreya davlatining asoschisi va amaldagi yetakchi Kim Chen Inning bobosining tug‘ilgan kuni har yili 15 aprelda nishonlanadi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026