16:10 / 16.04.2018
9088

Afg‘onistonning 49 fuqarosi etnik qozoq maqomini olishga urindi, ularning aksariyati qidiruvda

Afg‘onistonning 49 nafar fuqarosi etnik qozoq maqomini olishga uringan. Bu haqda 16 aprel kuni spiker o‘rinbosari Vladimir Bojko Qozog‘iston parlamentidagi hukumat soati davomida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda respublikaga 5,5 milliondan ziyod kishi tashrif buyurgan, shu jumladan Qozog‘istonning sobiq fuqarolari. Xorijiy ishbilarmonlar va turistlarning mamlakatga kirishi kengaydi, Qozog‘istonga ishchi kuchini jalb qilish tartibi investorlar uchun soddalashtirildi.

Deputat xalqaro vaziyat va migratsiya oqimlarining o‘sishi, ichki migratsiya xavfsizlik kuchlari va Tashqi ishlar vazirligiga qo‘shimcha mas'uliyat yuklatishini ta'kidladi.

«Bu raqamlar tashvishga solmoqda: Afg‘onistonning 49 fuqarosi etnik qozoq maqomini olishga uringan. Ularning aksariyati hozir qidiruvda. Bangladesh va Afg‘oniston fuqarolari mamlakatimiz hududidan Yevropaga kirib olish uchun foydalanishga harakat qilmoqda. Qozog‘istonning 85ta ro‘yxatdan o‘tgan shirkati orqali ikki transmilliy jinoiy guruh Xitoydan Qozog‘istonga ommaviy noqonuniy kirish kanalini tashkil qilgan», - dedi V.Bojko. 

Bu, uning fikricha, migrantlar kelayotgan mamlakatlarda vaziyatning beqarorlashuvi, terrorchilik va jinoiy tahdidlarning o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskin ortishi, tub aholining odatiy hayotiga bosim ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Terrorchilarning mamlakatga kirib borish xavfi alohida xavf tug‘diradi.

 

Mavzuga oid
Top