Barçaga birdek yoqib bölmaydi. Bu haqiqatni qabul qiling, qayğuga tuşmang va boşqalarga moslaşişga urinmang. Lifehacker mavzuga doir tavsiyalari bilan bölişdi.
Yodingizda bölsin, oğriqni his qiliş — normal holat
Qanday munosabatlar bölmasin, insonning rad etilişi unga salbiy ta'sir körsatadi: bu xoh döstlik, xoh romantik munosabatlar va xoh hamkasblar bilan munosabatlar bölsin. Qaçonlardir bunday reaksiya omon qoliş uçun zarur bölgan. Odamzot qabilalarda yaşagan davrlarda jamiyat tomonidan rad etiliş yoki quviliş deyarli ölimga tenglaştirilar edi. Şu bois kimdir bizni rad etganida miyamizda şu qadar kuçli kimyoviy reaksiya röy beradiki, bu jismoniy oğriqqaça sabab böladi.
Şundan söng biz bir neça bosqiçdan ötamiz. Dastlab özimizni ayblaymiz. Özimizni kimnidir xafa qilgandek his qilamiz. Keyin esa kamsitiliş va uyatni his qilamiz, özimizning zaifligimizni anglaymiz. Yana bir bor u insonning moyilligini uyğotişga harakat qilamiz. "Unga yoqişni istaganimiz uçun emas, - deya izohlaydi psixoterapevt Şon Grover, - şunçaki kimdir bizni yoqtirmayotganini his qiliş yoqimsiz". Oxir-oqibat özimizni omadsiz insondek his qilamiz.

Bu yoqimsiz his-tuyğular, albatta, biroq mutlaqo normal holat. Asosiysi, diqqatingizni unga jamlamang va yölingizda davom eting.
Barçasida özingizni ayblamang
Boşqa birovlarning sizni yoqtirmasligini oçiqdan-oçiq bildirişi köpçilikning öziga bölgan işonçini pasaytiradi. Biroq şuni unutmangki, odamlarning xatti-harakatlari odatda ularning şaxsiy muammolari va tajribalari bilan boğliq. Gap sizda ham, boşqa odamda ham emas, ikkalangizda.
Şunçaki hayotning ayni pallasida bu inson sizga töğri kelmagan, xolos.
Boz ustiga, boşqa bir odamning moyilligi köpinça anglanmagan holatda bölsa-da, unga keltiradigan foydangizga boğliq. "Bu jonivorlarda ham kuzatiladi, - dedi Dyuk Universitetining hayvonlar xatti-harakatlari tadqiqotçisi Jyennifer Verdolin. - Ular mavqe, xulq-atvor yoki genetik aloqalarga köra özlariga öxşaş jonivorlar bilan vaqt ötkazişni afzal körişadi".
Agar ikki tomon uçun ham qadrli bölişi mumkin bölgan umumiy qiziqişlaringiz bölmasa, sizni rad etişadi. Bundan deyarli qoçib qutulib bölmaydi.

Öz xatti-harakatlaringizni tahlil qiling
Kimgadir yoqmaganingiz uçun özingizni ayblamang. Biroq bu muntazam röy bersa, öz xatti-harakatlaringizga obektiv nazar taşlaşga harakat qilib köring.
Sizni qanday sababga köra rad etişganiga izoh berişni sörang. Masalan, sizga köp maqtanişingiz yoki faqat öz manfaatingizni öylaşingizni aytişdi. Öylab köring, ehtimol bu haqiqatdir. Öz xatti-harakatlaringizni tahlil qiling. Agar siz haqiqatda şunday bölsangiz va bu boşqa odamlarga yoqmasa, özingiz ustingizda işlang.
Faqat oşirib yubormang. Albatta, sizning qandaydir odatlaringiz boşqalarning ğaşiga tegişi mumkin. Biroq bu köpinça sizni yoqtirmagan odamning qörquvlari va yoqimsiz xotiralarini aks ettirişi ham mumkin.
Yangi döstlarni sekin-asta orttiring
Yangi insonlar doirasiga tuşib qolsak, özimizni yolğiz his qilamiz. Masalan, yangi iş joyida yoki boşqa şaharga köçib ötgandan keyin. Bunday vaziyatlarda özingizni aytsayder deya his qiliş oson.
Yangi doiraga sekin-asta qöşiling. Masalan, hamkasblaringizdan biriga birga tuşlik qilişni taklif qiling. Biroq darhol guruhga qöşilişga harakat qilmang. Sizga nisbatan köproq ijobiy munosabat bildirgan kişiga murojaat qiling.
Hamma ham sizni keng quloç oçib kutib olişga tayyor emas. Siz tomon qadam qöyişga tayyorligini bildirayotganlarga e'tibor qarating.

Sizni qadrlovçi kişilar bilan köproq vaqt ötkazing
Hoynahoy, qiyin damlarda işonişingiz mumkin bölgan bir neça yaqiningiz bölsa kerak. Ular bilan tez-tez muloqot qiling. Bu sizning özingizga bölgan işonçingizni oşiradi.
Sizni qadrlaydigan kişilar bilan aloqalarni mustahkamlang. Bu sizni rad etganlarni deb xafa bölişdan köra foydaliroq.
Yodingizda bölsin, haqiqiy döstlik riştalarini örnatişning eng yaxşi usuli - samimiy böliş. Hamma siz tomon intilişini kutib ötirmang. Bunday munosabat atrofdagilarni sizga mutlaqo jalb qilmaydi.
"Xeyterlar"dan uzoq yuring
Sizni "hazm qila olmaydigan" kişilardan yiroq yuring. Heç bölmaganda xayolan. Ba'zan kimningdir sizga qarşi ekanini şunçaki qabul qiliş kerak, xolos. "Sizda duşman paydo bölsa, buning qörqinçli joyi yöq, - deydi Şon Grover. - Odamlar sizga hasad közi bilan qarasa, bunga e'tibor bermang".
Birovlarni atayin özingizga qarşi qilmang. Biroq agar kimgadir yoqmasangiz va u ham sizga yoqmasa, u holda qayğurişga hojat yöq. Siz bunday insonning işonçini qozonişingiz şart emas.











