Özbekistonda global tadbirkorlik haftaligi yakunlanmoqda.
Haftalik doirasida ötkazilgan «Konsepsiya – 2030: oliy ta'limda davlat va biznes hamkorligi imkoniyatlari» mavzusidagi munozarada taniqli tadbirkor Zafar Hoşimov yoş kadrlarda qanday xususiyatlar bölişi kerakligi borasida öz qaraşlari bilan örtoqlaşdi.
«Avvalo, ijtimoiy tajriba işga kirişni xohlagan yoşlar uçun öta muhim. Bunda boşqa xodimlar bilan çiqişib ketiş, jamoada işlay oliş qobiliyati nazarda tutiladi.
Yoşlar uçun tanqidiy va ijodiy fikrlaş qobiliyati ham kerak. Ular öz fikr doirasi, atrofidagi an'analaridan taşqari ham fikrlay olişi zarur», – degan Hoşimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirkorning ta'kidlaşiça, har tomonlama talabga javob beradigan ayrim xodimlarning öz fikr doirasidan taşqari fikrlay olmasligi, axborotni tahlil qila olmasligi uni qoniqtirmaydi.
«Ijodiy fikrlaşni örganişni ham yoşlarga tavsiya qilgan bölardim. «Bu narsa doim şunday bölgan, uni nega özgartirişimiz kerak», deb öylaydiganlar kelajak iş bozoridan öz örnini topişga qiynaladi.
Bundan taşqari, transfer qiliş ham kerakli xususiyat. Bunda bir sohada örganilgan bilimlarni boşqa yangi sohada işlata oliş qobiliyati tuşuniladi», – deydi u.

Zafar Hoşimovning qöşimça qilişiça, tadqiq qiliş qobiliyati ham talabalar, yoş kadrlar uçun juda muhim.
«Faqatgina ilmiy izlaniş bilan şuğullanadiganlargina tadqiqot ötkazmaydi. Öz ustida işlaşni xohlagan har bir odam doimiy tadqiqot olib borişi kerak.
Lekin, afsuski, bugun köpçilik bu qobiliyatini yöqotib qöyyapti. Google orqali topilgan birinçi uçta ma'lumotni haqiqat deb öylaşga örganib qolinyapti», – deya fikr bildirdi «Korzinka.uz» asosçisi.

















