11:50 / 16.04.2018
14538

Quvnoq diplomatik selfi va «robotga aylangan» Tsukerberg - O‘tgan hafta suratlarda

AFP nashri haftaning eng mashhur suratlarini e'lon qilishda davom etmoqda. Quyida hafta voqealarini aks etgan suratlar havola etiladi.

1. Parij. Yelisey saroyi. 10 aprel. Livan bosh vaziri Saad Haririy Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan selfi tushmoqda. Shu kuni Saudiya va Fransiya qiymati 18 milliard dollardan ko‘proq bo‘lgan shartnomalar imzolashdi.

2. Fransiya. 10 aprel. Ekologik harakat faollari yangi aeroport qurilishiga qarshi namoyishda «Molotov kokteyli»dan foydalanishmoqda.

3. Madrid. 11 aprel. «Real» futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Yuventus» darvozasiga urilgan g‘alaba golini nishonlamoqda.

4. Los-Anjyeles. 8 aprel. «Los-Anjyeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoasining mag‘lubiyatiga zaxira o‘rindig‘idan munosabat bildirmoqda.

5. Vashington. 11 aprel. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg AQSh Kongresida ijtimoiy tarmoqdagi xavfsizlik borasida savollarga javob bermoqda. Ko‘pchilik uning Kongressda o‘zini tutishini robotga o‘xshatdi.

6. Germaniya. 10 aprel. Amerikada ko‘p tarqalgan «Indiana» burguti jaziramada cho‘milmoqda.

7. Malayziya, Kuala-Lumpur. 11 aprel. «Liverpul»ning bu malayziyalik muxlisi sevimli jamoasining 1 278ta libosini yiqqan.

8. Jazoir. 11 aprel. Mamlakat tarixidagi eng katta aviahalokatda 257 kishi halok bo‘ldi...

9. Manchester. 7 aprel. Pol Pogba 97 soniya ichida «Manchester Siti»ning 2:0 hisobidagi ustunligini yo‘qqa chiqardi. Bu suratda Pogba ikkinchi golini urmoqda.

10. Isroil. Isroil armiyasi zobiti tankning kerakli nuqtaga turishiga yordam bermoqda. Suratda u taslim bo‘lgan askardek taassurot uyg‘otgan.

11. Shimoliy Koreya. 8 aprel. Mamlakat asoschisi deb ta'kidlanadigan Kim Ir Senning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan ommaviy marafon.

12. Vashington. 10 aprel. Mark Tsukerberg barchaning diqqati markazida hisobot bermoqda.

13. Marokashning Sahroi Kabir joylashgan qismida an'anaviy marafon o‘tkazilmoqda.

14. Vashington. 10 aprel. «Avaaz» advokatlar guruhi Tsukerbergning 100ta qog‘ozdan yasalgan maketini ko‘chaga joylashtirishdi va bu bilan uning korxonasi millionlab hujjatlarni soxtalashtirganiga e'tibor qaratishlarini so‘rashdi.

15. Malayziya. 10 aprel. Hayot uchun kurash. Kaltakesak o‘z o‘ljasini yemoqda...

16. Halab. 7 aprel. Suriyalik yoshlar shahar harobalarida ekstrimal sport bilan shug‘ullanishmoqda.

17. Nyu-York. 10 aprel. Rossiyaning BMTdagi va BMT xavfsizlik kengashidagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya suriyalik hamkasbi Bashar Ja'fariy bilan.

18. Pekin. 9 aprel. Qarg‘a hayvonot bog‘idagi pandaning sochiga «bezak bermoqda».

19. Argentina. Qutqaruvchilar sohilga chiqib qolgan yoshi katta kitga yordam berishga va uni suvga qaytarishga urinishmoqda. Biroq harakatlar befoyda ketdi va jonivor halok bo‘ldi...

20. Kolumbiya. 9 aprel. Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg va Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos futbol o‘ynamoqda.

21. Bangladesh. 9 aprel. Talabalar hukumatning kvota tizimiga qarshi namoyishga chiqishdi.

22. Shimoliy Koreya. 9 aprel. Talabalar Kim Ir Senning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan ommaviy raqs festivalida.

23. Meksika. 7 aprel. AQSh va Meksika o‘rtasidagi devorning Meksika tomonida turgan bolakay.

24. Isroil. 7 aprel. Mahalliy nasroniylar «Muqaddas olov» marosimida qatnashishmoqda.

25. Bugungi Suriya bitta suratda. Harbiy kiyimdagi prezident Bashar Asad va uning surati yonidagi askar...

Mavzuga oid
Top