Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya 10 mingdan ko‘proq suriyalik qochqinni qabul qilganini ma'lum qildi
Buyuk Britaniya ayni vaqtda 10,5 mingdan ko‘proq suriyalik qochqinni qabul qilgan. Bu haqda Birlashgan Qirollikning migratsiya ishlari vaziri Kerolayn Nouks ma'lum qildi.
“Men 2020 yilgacha qo‘yilgan vazifani uddalay olishimizga to‘liq ishonaman”, deb aytgan Nouks Britaniya parlamentidagi chiqishida.
2017 yil dekabr holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 10 ming 538 suriyalik qo‘nim topgan.
2015 yilda Britaniya hukumati 2020 yilgacha Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan 20 ming qochqinni qabul qilishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026