Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik jurnalist Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishining isbotlarini topmaganini ma'lum qildi
AQShning One America telekanali jurnalistlari bir qator g‘arb davlatlarining ta'kidlashicha kimyoviy hujumga uchragan Suriyaning Duma shahriga tashrif buyurib, u yerda bunday hujum bo‘lgani tasdiqlarini topa olishmagan. Bu haqda telekanal muxbiri Pirson Sharp ma'lum qildi.
Sharpning aytishicha, u mahalliy aholi orasidan 10 nafarcha odam bilan suhbatlashgan, biroq ulardan birortasi kimyoviy hujum haqida eshitishmagani va hech narsa ko‘rishmaganini aytishgan. “Ularning barchasi o‘z ishlari bilan mashg‘ul edilar va hech qanday noodatiy narsa ko‘rishmaganini aytishdi”, deb aytgan muxbir YouTube’da joylashtirilgan lavhada.
Muxbirning aytishicha, mahalliy aholi fikricha, taxmin qilinayotgan kimyoviy hujum jangarilarning hiylasi bo‘lishi mumkin. Jangarilarning maqsadi shahardan chiqib ketishlari uchun g‘arb davlatlarining Suriya armiyasiga zarba berishiga erishish bo‘lgan. Sharp Suriyadan to‘liq reportajni keyinroq e'lon qilishga va'da bergan.
Dumada kimyoviy hujum sodir etilganini Suriyadagi bir qator nohukumat tashkilotlari, jumladan “Oq kaskalar” ma'lum qilgan. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, 7 apreldagi hujum vaqtida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026