Jahon | 00:42 / 18.04.2018
8852
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyoramiz yonidan Tungus meteoriti o‘lchamidek keladigan asteroid uchib o‘tdi

Foto: Fotolia / AND Inc

15 aprelda sayyoramizga yaqin masofadan yirik asteroid uchib o‘tgani ma'lum qilindi. Bu haqda Space.com xabar berdi

O‘lchami 48 metrdan 110 metrgacha keladigan samo jismi 2018 GE3 kabi belgilangan va u Yerdan 192 ming km uzoqlikda uchib o‘tgan. Bu masofa Yerdan Oygacha bo‘lgan masofaning taxminan yarmiga teng.

Ushbu asteroid 2013 yil fevralda Chelyabinsk yaqinida tushgan meteoritdan bir necha marta katta va 1908 yilda sayyoramizga tushgan Tungus meteoriti o‘lchamidek keladi.

Samo jismining qo‘qqisdan paydo bo‘lishi olimlarni esankiratib qo‘ygan: ular uni sayyoramiz bilan maksimal yaqinlashishidan bor-yo‘g‘i 21 soat oldin aniqlay olishgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid