11:27 / 19.04.2018
2865

Abdulaziz Komilov Filippinning yangi elchisini qabul qildi

Foto: TIV axborot xizmati

2018 yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Filippin Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Vilfredo S.Santosni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni mamlakatdagi faoliyati boshlanishi bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Filippin munosabatlarining istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik hamda BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi aloqalarni mustahkamlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikka doir mavjud salohiyatni amalga oshirish uchun huquqiy bazani kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Mavzuga oid
Top