Jahon | 19:42 / 19.04.2018
10614
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Xitoyga hojatxonalar muammosini hal qilishda yordam beradi 

Foto: Tjournal

Yaponiya Xitoyga jamoat hojatxonalari muammosini hal qilishda texnik yordam berishni taklif qildi. Xitoy hukumati bu muammoni “ortga surib bo‘lmas” deb e'lon qilgan.  

BBC’ning ma'lum qilishicha, Yaponiyaning Pekindagi elchixonasi Xitoy vakillari bilan mamlakatning “hojatxona inqilobi”da ishtirok etish masalasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdalar.

Xitoy va Yaponiyaning bu sohadagi hamkorligi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga intilish ortida rivojlanmoqda. Avval bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar bahsli hududlar sababli bir necha bor keskinlashgandi. 

Yaponiya shunga o‘xshash “inqiloblar”ni Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida amalga oshirgan.

Xitoy turizm vazirligi 2020 yilgacha Xitoyda kamida 64 ming jamoat hojatxonalari qurilib, yaxshilanishini e'lon qilgan. Joriy fevralda “Sinxua” axborot agentligi Xitoyning “hojatxona inqilobi” reja bo‘yicha ketayotganini ma'lum qilgandi.  

Biroq bu sohada ham korrupsiyasiz iloji bo‘lmadi. Misol uchun, Chuntsin shahrida 1 mln yuan, ya'ni deyarli 150 ming dollarlik jamoat hojatxonasi qurilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid