Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yetakchisi Tereza Mey va Toyyib Erdo‘g‘an bilan muloqot o‘tkazdi, Suriya bosh mavzuga aylandi
Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
XXR raisi Si Tszinpin Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Sinxua xabar bermoqda.
Xitoy yetakchisi Mey bilan suhbatda Suriyadagi vaziyatni muhokama etdi va Xitoy xalqaro munosabatlarda kuch qo‘llanilishini ma'qullamasligi haqida ma'lum qilgan.
"Xitoy tomoni Suriyadagi vaziyat rivojini diqqatlik bilan kuzatmoqda. Biz xalqaro munosabatlarda harbiy kuch qo‘llanilishini hech qachon ma'qullamaganmiz, har bir davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligi tarafdorimiz", - deya ma'lum qildi Si Tszinpin.
Uning ta'kidlashicha, ayni damda keskinlikni tezroq pasaytirish zarur.
Shuningdek, Si Tszinpin Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon muloqotida Suriyadagi vaziyatni muhokama qilib, xalqaro huquq doirasida harakat qilishga va boshqa davlatlar suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.
"Har ikki davlat yetakchisi Suriyadagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdi. Si Tszinpin Xitoyning Suriya masalasi bo‘yicha qat'iy pozitsiyasini bildirdi. U barcha tomonlar xalqaro huquq doirasida harakat qilishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Turkiya Xitoyning Suriya inqiroziga siyosiy yechim topishdagi o‘rnini yuqori qadrlaydi.
Mavzuga oid
15:53 / 29.12.2025
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
21:35 / 28.12.2025
Suriya g‘arbida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 3 kishi halok bo‘ldi
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
10:01 / 23.12.2025