Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarindoshlar sudlangani uchun ishga qabul qilmaslik qonun bilan taqiqlandi
18 aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-476) imzolandi.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 78-moddasiga qo‘shimcha kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslikni taqiqlovchi norma o‘rnatildi.
Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikda shaxsni yaqin qarindoshlarining yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishi tartiblari aniq belgilanmaganligi, fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotganligi munosabati bilan ishlab chiqilgan edi.
2016 yilda Adliya vazirligiga fuqarolardan yaqin qarindoshlarining yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilish rad etilganligidan norozi bo‘lib 33ta murojaat kelib tushgandi.
Mazkur norma bugun, 19 apreldan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
15:35 / 02.05.2023
Ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetadi
21:12 / 30.03.2023
Davlat idoralarida qisqartirish bilan bog‘liq ishdan bo‘shatishlar vaqtincha to‘xtatildi
17:05 / 10.02.2023
O‘zbekistonga chet eldan ishchi olib kelib ishlatish osonlashadi
10:53 / 08.07.2022